Chop etdi: Administrator
Vazirlik buyruqlari va kollegiya qarorlari

16.03.2020
Vazirlar Mahkamasining 9.03.2020 yildagi «Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 135-son qarori qabul qilindi.
2020 yil 1 apreldan boshlab tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari ushbu hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonidan kelib chiqib, I, II va III guruhlarga ajratiladi. Shu asosda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi takomillashtiriladi.
Qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari o‘zgartirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.03.2020 yildan kuchga kirdi.
Podrobnee: https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/maktabgacha_talim_muassasalari_hodimlarining_ish_haqi_oshiriladi