Chop etdi: Administrator
Vazirlik buyruqlari va kollegiya qarorlari

16.03.2020
Vazirlar Mahkamasining 11.03.2020 yildagi 143-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Asosiy yo‘nalishlardan biri – badminton sport turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklik sub’ektlarining faoliyatini rivojlantirish.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida badminton sport turi uchun kafedra tashkil qilinadi hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha bakalavriatga qabul kvotalari oshiriladi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida badminton sport turi uchun 3 oylik qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.
Podrobnee: https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/jismoniy_tarbiya_universitetida_badminton_kafedrasi_ochiladi