+99870 716-68-05

Tillar:       O'zb       Eng       Рус    

EMAIL POCHTA

Magistratura bo'limi

Bo'lim boshlig'i: Kurbanov Olim Esirgapovich
Kurbanov Olim Esirgapovich

Kurbanov Olim Esirgapovich

Bo'lim vazifalari:

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Magistratura tо‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida

«Ta’lim tо‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan о‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish tо‘g‘risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida» 2007 yil 10 sentabrdagi 190-son qaroriga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Magistratura tо‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bо‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy malakali kadrlar iste’molchilari bо‘lgan boshqa tashkilotlar magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish va amaliyot, stajirovkalarni о‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlari bajarilishini ta’minlash maqsadida о‘z say-harakatlarini muvofiqlashtirsinlar.

3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda о‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining о‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.

О‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2015 yil 2 mart,

36-son

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qaroriga
ILOVA

Magistratura tо‘g‘risida 

nizom

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tо‘g‘risida»gi qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan о‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish tо‘g‘risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoni, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida» 2007 yil 10 sentabrdagi 190-son qaroriga muvofiq magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan va oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qо‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi.

Ushbu Nizomning amal qilishi:

Oldingi tahrirga qarang.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga;

(1-bandning uchinchi xatboshisi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 oktabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019 y., 09/19/886/3941-son) 

О‘zbekiston Respublikasi hududida о‘z faoliyatini yuritayotgan, о‘rnatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilish va о‘qitish tartibi О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadi.

(1-band О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan tо‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018 y., 09/18/638/1690-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 iyuldagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga о‘qishga qabul qilish tartibi tо‘g‘risidagi Nizom.

[СПиТ:

1.Таълим / Магистратура]

2. Magistratura aniq mutaxassislik bо‘yicha bakalavriat negizida о‘qitish kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

Magistratura dasturi yakunlanishi «magistr» darajasini beruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi hisoblanadi.

О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.

3. Tegishli mutaxassisliklar bо‘yicha magistrlarni tayyorlash davlat akkreditatsiyasidan о‘tgan oliy ta’lim muassasalarida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadigan davlat granti va tо‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.

4. Oliy ta’lim muassasalarida magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura bо‘limlari amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:

magistrlar tayyorlash bо‘yicha о‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va о‘qitish sifatini nazorat qilishga kо‘maklashishni;

о‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;

oliy ta’lim muassasalari barcha bо‘linmalarining magistrlar tayyorlash bо‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;

magistrlarni о‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.

5. Magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish tо‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

II. Magistrlar tayyorlashga qо‘yiladigan talablar

6. Magistrlar tayyorlashga qо‘yiladigan umumiy talablar О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qarori bilan belgilanadi. Aniq mutaxassislik bо‘yicha magistrlar tayyorlashga qо‘yiladigan talablar oliy ta’limni boshqarish bо‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi.

7. Magistr:

tanlangan mutaxassisligi bо‘yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga;

kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga;

oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bо‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom ettirishga;

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qо‘shimcha kasb ta’limi olishga tayyorlanadi.

8. Magistr о‘z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari:

ilmiy-pedagogik;

ilmiy-ijodiy;

ilmiy-tadqiqot va tajriba;

loyiha-konstruktorlik;

loyiha-texnologik;

ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat ta’lim yо‘nalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari bо‘yicha ham shug‘ullanishi mumkin.

III. Magistratura talabalarining huquq va majburiyatlari

9. Magistratura talabalari:

ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyotni, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiq bilimlarni olish;

oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalarni kо‘rib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;

oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan о‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish;

ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish;

о‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish;

oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashi tavsiyasiga muvofiq yetakchi xorijiy va respublika ta’lim (ilmiy) muassasalarida amaliyot о‘tash, stajirovkada bо‘lish yoki magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov qismlarini bajarish uchun ushbu muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjud bо‘lganda ularga yо‘llanma olish;

oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi bо‘lgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish;

talabalar uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, Davlat stipendiyasi hamda о‘qishga yо‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish huquqiga ega.

Magistratura talabasi qonun hujjatlarida yoki oliy ta’lim muassasasi ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bо‘lishi mumkin.

10. Magistratura talabalarining majburiyatlari:

magistraturaning tegishli mutaxassisligi bо‘yicha о‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallash va о‘zlashtirish;

о‘quv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;

oliy ta’lim muassasasining ustavi talablariga va ichki tartib qoidalariga rioya etish.

Magistratura talabasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

IV. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish

11. Magistraturada ta’lim jarayoni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qaroriga, shuningdek oliy ta’limni boshqarish bо‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan aniq magistratura mutaxassisligi о‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.

12. О‘quv jarayonining xususiyatlari va о‘qitish muddatlari (3 yil) hisobga olingan holda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bо‘lgan vazirliklar, davlat qо‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ayrim magistratura mutaxassisliklari о‘quv rejalari va dasturlariga tegishli о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritilishi mumkin.

13. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etishga quyidagi talablar qо‘yiladi:

oliy ta’lim muassasasining magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar bilan, shu jumladan kadrlar tayyorlash ixtisosligi va yо‘nalishiga mos keluvchi professorlar, dotsentlar bilan ta’minlanganligi;

nazariy, laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘tkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shu jumladan magistrlik dissertatsiyalariga qо‘yiladigan talablarga mos holda ularni tayyorlash uchun zarur о‘quv-metodik va moddiy-texnika bazaning mavjudligi;

о‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkilotlarda magistratura talabalarining amaliyotlari, stajirovkasi va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlarini bajarishi uchun bu tashkilotlar bilan oliy ta’lim muassasasi (fakultet, kafedralar) о‘rtasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarning mavjudligi;

magistratura talabalarini tayyorlash jarayoniga О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-izlanuvchilik va loyiha muassasalarining yetakchi olimlari, shuningdek xorijiy olimlar, yuqori malakali, tajribali mutaxassislarning soatbay asosida jalb etilganligi.

14. Magistratura talabasining о‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani о‘tashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bо‘yicha faoliyati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq magistratura talabasining kalendar ish rejasiga binoan amalga oshiriladi.

15. Magistratura talabasining kalendar ish rejasi mazmuni ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va oliy ta’lim muassasasining о‘quv ishlari bо‘yicha prorektori (direktor о‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Magistratura talabasi о‘zining kalendar ish rejasi bajarilishi bо‘yicha har oyda kafedra yig‘ilishida hisobot beradi.

Har о‘quv semestri yakunida tegishli fakultet о‘quv-metodik kengashi yig‘ilishida (magistratura bо‘limida) kafedra mudiri magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishi yuzasidan hisobot beradi.

[ОКОЗ:

1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.01.00.00 Таълим / 13.01.16.00 Педагог кадрлар. Педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш]

V. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan о‘qituvchilarga qо‘yiladigan umumiy malaka talablari

16. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan о‘qituvchi ta’lim jarayoni doirasida:

hamma turdagi о‘quv mashg‘ulotlarini yuqori darajada о‘tadi;

о‘quv, ilmiy va о‘quv-metodik ishlarni rejalashtiradi, tashkil etadi va nazorat qiladi;

ilmiy-tadqiqot ishlariga va magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoniga rahbarlik qiladi;

kafedra ixtisosligi bо‘yicha ilmiy, ilmiy-tadqiqot seminarlarini tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;

talabalar ilmiy seminarlarini boshqaradi;

kafedra pedagoglari tomonidan barcha turdagi о‘quv mashg‘ulotlari sifatli о‘tkazilishi ustidan nazorat qiladi;

magistraturaning tegishli mutaxassisligi bо‘yicha namunaviy va ishchi о‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi;

kafedra ilmiy tadqiqotlari yо‘nalishlari doirasida tashkil etiladigan yig‘ilishlar va konferensiyalarda, shu jumladan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etadi;

magistratura talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etadi va rejalashtiradi;

magistratura talabalari uchun darsliklar va о‘quv-metodik qо‘llanmalarni ishlab chiqish va nashrga tayyorlashda ishtirok etadi;

magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishini nazorat qiladi.

17. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan о‘qituvchilarga quyidagi malaka talablari qо‘yiladi:

fanni yuqori darajada bilish hamda uning nazariy asoslarini va muhim yutuqlarga erishish mumkin bо‘lgan yо‘llarni kо‘ra bilish uquviga ega bо‘lish;

ilmiy muammolarni ishlab chiqa olish, tadqiqotlar о‘tkaza olish va ularning natijalari bо‘yicha chop etilgan ilmiy ishlarga ega bо‘lish;

magistratura talabalarining individual xususiyatlari, shaxsiy sifatlari va dissertatsiyalari maqsadlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyat yо‘nalishlarini belgilash qobiliyatiga ega bо‘lish;

magistratura talabalarining bilim va malakalarni egallab olishga imkoniyat beradigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qо‘llashga tayyor bо‘lish;

pedagogik holatlar tahlili asosida pedagogik vazifalarni shakllantirish va ularni hal etishning maqbul yechimlarini topish uquvi;

magistratura talabalarining kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yо‘naltirilgan innovatsion kurslar ishlab chiqish bо‘yicha amaliy tajribaga ega bо‘lish;

ma’lumotlarni tizimlashtirish va izlash orqali о‘z bilimini takomillashtirish uchun doimiy о‘rganish, ma’lumotlarni elektron qayta ishlashda axborot-kommunikatsiya va multimediya texnologiyalaridan foydalanish mahoratiga ega bо‘lish.

18. Magistraturada pedagogik faoliyat yuritishga ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega bо‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajali shaxslar jalb qilinadi.

[ОКОЗ:

1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.02.00.00 Фан / 13.02.07.00 Илмий тадқиқотлар]

[ТСЗ:

1.Ижтимоий-маданий масалалар / Фан ва илмий фаолият]

VI. Mavzuni tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash

19. Magistrlik dissertatsiyasi о‘qish va о‘quv dasturlarini о‘zlashtirish jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.

20. Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy ta’lim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-о‘qituvchilari tarkibi, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari xodimlari tomonidan shakllantiriladi.

Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, qoidaga kо‘ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag‘ishlanadi.

21. Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik oliy ta’lim muassasalarida ishlaydigan professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, shuningdek belgilangan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar yoki ilmiy unvonlarga ega bо‘lgan xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Magistratura talabasi о‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan unga ilmiy rahbar tayinlangan taqdirda, talabaga qо‘shimcha ravishda tegishli kafedra professor-о‘qituvchilari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi.

Belgilangan talablarga muvofiq magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida ilmiy rahbar bilan bir xil mas’uliyat ilmiy maslahatchiga ham yuklatiladi.

22. Magistratura talabasi о‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi xodimlari tarkibidan bо‘lgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bо‘yicha talabalar bilan ishlashi ularning oliy ta’lim muassasasida о‘quv yili shaxsiy ish rejasi bilan belgilanadigan о‘quv yuklamasiga kiritiladi.

Magistratura talabasi о‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan bо‘lgan ilmiy rahbar mehnatiga haq tо‘lash belgilangan tartibda mehnatga soatbay haq tо‘lash shartlari bо‘yicha bir о‘quv yiliga bir magistratura talabasi uchun 50 soatdan oshmagan hajmda, tegishli oliy ta’lim muassasasi xarajatlar smetasida bu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

23. Professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek dotsent, fan nomzodi va mutaxassis uchtacha magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.

24. Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy ta’lim muassasasi yoki fakultet о‘quv-metodik kengashida muhokama qilingan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar bо‘yicha prorektor (direktor о‘rinbosari) taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari о‘qiyotgan birinchi о‘quv yilining birinchi ikki oyi ichida tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

25. Ilmiy rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan masalalar bо‘yicha tizimli ravishda yordam berish maqsadida maslahatlar jadvalini tuzish;

tadqiqot usullarini tanlashda ishtirok etish va ularni tadqiqot ishida qо‘llashda magistratura talabasiga kо‘maklashish;

magistratura talabasining belgilangan kalendar ish rejasi bо‘yicha ishlarning bajarilishini va magistrlik dissertatsiyasi о‘z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;

dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish.

[ОКОЗ:

1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.02.00.00 Фан / 13.02.07.00 Илмий тадқиқотлар]

[ТСЗ:

1.Ижтимоий-маданий масалалар / Фан ва илмий фаолият]

VII. Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qо‘yiladigan talablar

26. Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bо‘lishi kerak:

titul varaq;

ikki tilda (о‘qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi;

mundarija;

kirish;

asosiy qism;

xulosa;

adabiyotlar rо‘yxati;

ilovalar (mavjud bо‘lsa).

27. Kirish quyidagilarni qisqacha о‘z ichiga olishi lozim:

magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;

tadqiqot obyekti va predmeti;

tadqiqot maqsadi va vazifalari;

ilmiy yangiligi;

tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;

tadqiqot mavzusi bо‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);

tadqiqotda qо‘llanilgan metodikaning tavsifi;

tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;

ish tuzilmasining tavsifi.

28. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bо‘lib, boblar hajm jihatidan о‘zaro mutanosib bо‘lishi va quyidagilarni о‘z ichiga olishi lozim:

tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili;

tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni;

tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi kо‘rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.

29. Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bо‘yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.

30. Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bо‘lgan qо‘shimcha ma’lumotlarni о‘z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim.

31. Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolg‘on sitatalar keltirishga yо‘l qо‘ymaslik) lozim.

32. Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bо‘lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bо‘lishi lozim:

qatorlar oralig‘i — 1,5 sm;

yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, о‘ng tomondan 2 sm;

xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili.

Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi.

33. Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan tashqari 70 — 80 sahifa bо‘lishi tavsiya etiladi.

34. Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi о‘qigan tilda (kafedra yoki magistratura bо‘limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. Chet tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan о‘tkaziladi.

35. Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakultet О‘quv-metodik kengashining qarori bilan о‘zgartirilishi va kо‘paytirilishi mumkin.

[ОКОЗ:

1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.02.00.00 Фан / 13.02.07.00 Илмий тадқиқотлар]

[ТСЗ:

1.Ижтимоий-маданий масалалар / Фан ва илмий фаолият]

VIII. Dastlabki va rasmiy himoyani о‘tkazish tartibi

36. Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi.

Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin.

Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi.

37. Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bо‘lishi kerak.

Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yig‘ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

38. Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning rо‘yxati ilmiy ishlar bо‘yicha prorektor (direktor о‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.

39. Taqrizchi vazifalariga quyidagilar kiradi:

magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi tо‘g‘risida xulosa taqdim etish;

dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish;

kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on sitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda kо‘rsatish.

40. Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on sitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bо‘lmaganda taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qо‘yish maqsadga muvofiq emasligi tо‘g‘risida xulosa beradi.

41. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.

42. Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim muassasasining Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi о‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan о‘tkaziladi.

43. Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim.

44. Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bog‘liqligini kо‘rsatib bera olishi;

magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi;

foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining tо‘liqligi va chuqurligi;

tadqiqot usullari amaliyotda qо‘llanilganligining asoslanganligi;

olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati;

magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida о‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini kо‘ra bilish qobiliyati;

magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi о‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni kuzata bilish malakasi.

45. «Qoniqarsiz» baho qо‘yilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyaga qо‘yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega.

46. Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida muhokama etiladi.

47. Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy ta’lim muassasasida 3 yil davomida saqlanadi.

IX. Magistratura talabalari faoliyati monitoringi

48. Magistratura talabasi faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borish va magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish sifatini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i bilan yetakchi о‘qituvchilar tarkibidan iborat, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlar-kadrlar iste’molchilari mutaxassislarini jalb etgan holda, Ishchi guruh tuziladi.

49. Magistratura talabasi faoliyati ustidan monitoring quyidagi kо‘rsatkichlar asosida olib boriladi:

a) birinchi kursda:

magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda о‘z vaqtida bajarilishi;

bitta ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada bitta tezis chop etganligi;

ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;

mutaxassislik bо‘yicha о‘quv fanlarini о‘zlashtirish darajasi.

b) ikkinchi kursda:

magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda о‘z vaqtida bajarilishi;

ikkita ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada ikkita tezis chop etganligi;

magistrlik dissertatsiyasi dastlabki himoyadan о‘tganligi, agar u monitoring davrida rejalashtirilgan bо‘lsa;

ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;

mutaxassislik bо‘yicha barcha о‘quv fanlarini о‘zlashtirish darajasi.

50. Ta’lim jarayonining xususiyatlari va о‘qish muddatlari (3 yil) hisobga olingan holda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bо‘lgan vazirliklar, davlat qо‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ayrim magistratura mutaxassisliklari monitoring kо‘rsatkichlariga tegishli о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritishi mumkin.

51. Monitoring jarayonida magistratura talabalari bilan suhbatlar о‘tkaziladi, tegishli taklif va tavsiyalar beriladi.

52. О‘quv yili oxirida Ishchi guruh monitoring yakunlari bо‘yicha oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida hisobot taqdim etadi.

X. Yakunlovchi qoida

53. Nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.



Magistratura tо‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish

SXEMASI




Magistratura tо‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA





Namuna

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

_______________________________________________________________

(oliy ta’lim muassasasi nomi)


«TASDIQLAYMAN»
«_____» magistratura bо‘limi boshlig‘i
20 y. «_____»____________

______________________________________________
(magistratura talabasi F.I.O.)

______________________________ mutaxassisligi bо‘yicha
20___– 20___ о‘quv yillari uchun






MAGISTRATURA TALABASINING KALENDAR ISH REJASI






Magistratura talabasining ushbu kalendar ish rejasi __________________________
kafedrasining 20____ yil «_____»____________dagi yig‘ilishida muhokama qilingan.











Kafedra mudiri:


____________________

_________________





(F.I.O.)

(imzo)











Reja bilan tanishdim:








Magistratura talabasi


____________________

_________________





(F.I.O.)

(imzo)

Ilmiy rahbar:


____________________

_________________





(F.I.O.)

(imzo)











I. Magistratura talabasining о‘quv metodik, ilmiy tadqiqot, pedagogik 
amaliyot bо‘yicha kalendar ish rejasi
1. О‘quv metodik ishlar

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilishi bо‘yicha belgilar

1.




2.








2. Ilmiy tadqiqot ishlari

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilishi bо‘yicha belgilar

1.




2.








3. Ilmiy pedagogik ishlari

T/r 

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilishi bо‘yicha belgilar

1.




2.








4. Pedagogik amaliyot

T/r 

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilishi bо‘yicha belgilar

1.




2.









II. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bо‘yicha kalendar reja

T/r 

Ishni bajarish bosqichlari va asosiy tadbirlarning mazmuni 

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilishi bо‘yicha belgilar

1. Tadqiqotni о‘tkazishga tayyorgarlik

1.




2.








2. Ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirish

1.




2.








3. Tadqiqotni amalga oshirish: materiallarni yig‘ish va tahlil qilish 
(yoki tajriba sinovlarini о‘tkazish)

1.




2.








4. Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini rasmiylashtirish

1.




2.








5. Magistrlik dissertatsiyasini himoyaga taqdim etish

1.




2.























(О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2015 y., 9-son, 98-modda, 43-son, 549-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018 y., 09/18/638/1690-son, 22.10.2019 y., 09/19/886/3941-son) 

 

 

 

 

 

 

Ish reja:

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti MAGISTRTURA bо‘limi

 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutda magistratura bо‘limi 2019 yildan yо‘lga qо‘yilgan. Hozirgi vaqtda Magistratura bо‘limi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura tо‘g‘risida nizom”ga asosan faoliyat olib bormoqda.

Institut magistratura bо‘limining 1-kursida 309 nafar, 2-kursida 188 nafar 15 ta mutaxassislik bо‘yicha tahsil olmoqda, shundan 4 nafari xorijiy mamlakatlar (Tojikiston, Qozog‘iston) fuqarolaridir. Bu mutaxassisliklar bо‘yicha magistrantlarni tayyorlash 19 ta kafedra zimmasiga yuklatilgan. Har bir kafedrada videokuzatuv kameralari va video videoproyektorlar bilan jihozlangan magistrantlar xonasi tashkil etilgan.

Mutaxassislik fanlaridan darslarni о‘tishga va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun yuqori malakali professor-о‘qituvchilar, fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega bо‘lgan olimlar, shuningdek, davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni axborotlashtirish sharoitlarida boy ish tajribasiga ega bо‘lgan amaliyotchi mutaxassislar jalb etilgan. Bundan tashqari, magistratura о‘quv jarayoniga va ilmiy rahbarlikka respublikamizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan hamda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarmoq institutlaridan ham sohalar bо‘yicha taniqli olimlar, mutaxassislar taklif etilgan.

 
 

 

Magistratura bо‘limining vazifalari:

Magistratura bо‘limi institutda magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtiradi, u kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:

magistrlar tayyorlash bо‘yicha о‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta’lim va о‘qitish sifatini nazorat qilishga kо‘maklashishni;

о‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;

barcha fakultetlarning magistrlar tayyorlash bо‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;

magistrlarni о‘qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlaydi.

Magistraturada ta’lim jarayoni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura tо‘g‘risida Nizom” shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan magistratura mutaxassisliklari о‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etilib kelinmoqda.

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari banki CHDPIning yetakchi professor-о‘qituvchilari, О‘zFAning ilmiy-tadqiqot institutlari hamda soha ilmiy-tadqiqot institutlari tavsiyasi asosida yaratilgan bо‘lib, zamonaviy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish muammolariga bag‘ishlangan dolzarb mavzulardir.

Magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovka о‘tash О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’limi vazirining 30.11.2015 yil № 9-2015 sonli “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani о‘tash tartibi tо‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida tashkil etilmoqda.

О‘qitishning zamonaviy texnik vositalarga muvofiqligi va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlashni yо‘lga qо‘yish, fan va texnologiyalarning yangi yutuqlarini о‘quv jarayoniga tezkorlik bilan joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash, buyurtmachilarning magistrlar tayyorlash jarayonidagi amaliy ulushini oshirish maqsadida magistrlik dissertatsiya ishlari himoyalarini aksariyat qismini Umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida, ilmiy-tekshirish institutlarda hamda akademik litseylarda о‘tkazish rejalashtirgan.

Qo'shimcha

Magistratura bo'limiga tegishli boshqa ma'lumotlar