Chop etdi: ADMIN | Ko'rildi: 100 marta
Tegishli bo'limi: Boshqa e'lonlar

📝Qadrli talabalar, hurmatli professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar! Siz ham xorijlik mutaxassis bilan fikr almashishni istaysizmi?!
Ta’lim jarayonida innovatsion metodologiyalardan foydalanish va texnologiyalarni joriy qilish, pedagogik ilmiy tadqiqotlar olib borishda xorijiy tajribalarni yaqindan tanishtirish maqsadida Finlandiyaning ta’lim sohasidagi xalqaro eksperti Doktor Petri Lounaskorpi universitetimizda o‘z faoliyatini boshladi.
Joriy etilayotgan “Pedagogik klinika” loyiha orqali o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga Doktor Petri Lounaskorpi ko‘magida javob olishingiz hamda xorij tajribalarini hamkorlikda tahlil qilishingiz mumkin.
Pedagogik klinika ish faoliyati
Dushanba – 14. 00-16. 00
Chorshanba – 14. 00-16. 00
Juma – 14. 00-16. 00
Manzil: Pedagogika fakulteti kutubxonasining 2-qavati