Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga geografiya fanining asosiy qonuniyatlari, jumladan, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografik jarayonlarning rivojlanishiga oid bilim, ko'nikma va malakalariga ega bo'ladilar. Shuningdek, talabalarning geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlariga doir kompetentsiyalari rivojlanadi, tadqiqotchilik ko'nikmalari shakllanadi. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanini o'qitishning zamonaviy usullari o'rgatiladi, ular kasbiy va pedagogik tajribaga ega bo'ladilar.
Mazkur dasturda bo‘lajak biolog mutaxassislarga nafaqat biologiyaning turli tarmoqlari va bo'limlari haqidagi tushunchlarni shakllantiriladi, balki pedagogik faoliyat doirasida o‘qitishning zamonaviy usullari o‘rgatiladi. Shu bilan bir qatorda biologiyaning genomika, proteomika va bioinformatika, molekulyar biologiya va gen injineriyasi, mikrobiologiya va virusologiyaning zamonaviy tadqqot usullarini o'rganadilar hamda biologiyaning turli muammolarini hal qilish jarayonida qo'llash va o'quv jarayoniga tadbiq qilish kabi ko'nikmalarga ega bo'ladilar.