Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Dastur umumiy о‘rta ta’lim maktablari uchun texnologiya fani bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat. Texnologiya fanini o‘qitishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish va kasb hunarga yo‘naltirish ta’lim tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni tabiatni asrab avaylashga, ona tabiatga muhabbatni shakllantirishga, ma’nan boy, aqlan yetuk, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat.
Dasturda chaqiriqqa qadar boshlang'ich ta'limni tashkil etish, boshqaruv hujjatlarining talablari va mazmunini hamda tegishli vazirliklarning kasbga oid buyruq va ko‘rsatmalarining talablari, chaqiriqqa qadar boshlang'ich ta'limning tashkiliy asoslari va o`quv-moddiy bazasi chuqur o'tgatiladi. Shuningdek, harbiy qismlarda jismoniy tayorgarlik, harbiy sport inshoatlari, harbiy xizmat va harbiy ish asoslari, qo`l jangi va uning metodikasi, tibbiy bilim asoslari fan modullari bo`yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi. Bundan tashqari, bo‘lg‘usi pedagog sifatida o‘quvchi yoshlar bilan yetarli pedagogik mahoratda mashg‘ulotlarni tashkil qila oladigan va o‘tkaza oladigan pedagoglarni tayyorlashga e'tibor qaratiladi.
Mazkur dastur jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta’lim berishni ta’minlovchi sohani o‘rganish dasturi bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida ulardan foydalanish masalalariga muhim o‘rin berilgan. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi o‘quv fani sifatida bakalavrlarni jismoniy madaniyat jarayonida ularning kasbiy-amaliy faoliyatiga keng nazariy va amaliy xarakat ko‘nikmalarini shakllanishiga hamda harakatlarga o‘rgatish metodlari va metodikalari bilan qurollantirishdan iborat.