Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Bo‘lajak tiflopedagoglar ko‘zi ojiz bolalar bilan ishlashni, boshlang‘ich ta’limda o‘qitiladigan fanlarni o‘qitish metodikalarini, bolaga tashxis qo‘yishni, yosh xususiyatlari bo‘yicha mos metodikalarni tanlashni, mo‘ljal olishni o‘rgatish usullari va vositalarini, brayl tizimida yozish va o‘qishni, tiflosharhlashni, inklyuziv ta’lim sharoitida korreksion-rivojlantiruvchi ishlar olib borishni o'rgatadi. Talabalar kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan imitasion mashg‘ulotlarda hamda amaliyot davrida muassasalarda sinash orqali kasbiy kopetensiyalarini rivojlantiradilar.
Bo‘lajak logopedlarga nutq nuqsoni ustida ishlashni, bolaga pedagogik-psixologik tashxis qo‘yishni, defektologik xizmatlarni, yosh xususiyatlariga mos metodikalarni tanlashni, autizm sindromli bolalar bilan ishlash metodikalarini, inklyuziv ta’lim sharoitida korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni olib borishni, tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishni o‘rgatadi. Talabalar kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan imitasion mashg‘ulotlarda hamda amaliyot davrida muassasalarda sinash orqali kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradilar.
Bo‘lajak surdopedagoglarga eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashni, boshlang‘ich ta’limda o‘qitiladigan fanlarni o‘qitish metodikalarini, bolaga tashxis qo‘yishni, daktillashni, labdan o‘qishni, talaffuzga va eshitishga o‘rgatish metodikalarini, surdotexnika dasturlaridan foydalanishni, autizim sindromli bolalar bilan ishlashni, surdotarjimani, inklyuziv ta’lim sharoitida korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni olib borishni o‘rgatadi. Talabalar kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan imitatsion mashg‘ulotlarda hamda amaliyot davrida muassasalarda sinash orqali kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradilar.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ixtisoslashgan maktablar, akademik litseylar va professional ta’lim muassasalarida Iqtisodiy bilim asoslari”, “Tadbirkorlik asoslari”, “Biznesni tashkil etish va yuritish”, “MTTda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni markazlardagi faoliyatni tashkil etish” fanlaridan o‘rnatilgan tartibda pedagogik faoliyat olib borishlarni o'rganadi, ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda faoliyat yuritishni va mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uni tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib faoliyat yuriish uslublarini o'rganadi.
Pedagogika - bakalavr bosqichidagi talabalarni kreativ salohiyatini ta'lim tizimini axborotlashtirish jarayonida shakllantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni oqilona tanlay olish hamda ijodiy yondashuv asosida metod va texnodlogiyalarnining milliy metalitetga mosligini ta'minlash qobiliyaqtlarini rivojlantiradi. Pedagogika - bu ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga innovasion va kreativ yondoshish strategiyasidir. Pedagogika faqat bilimli o‘quvchilar tayyorlashga emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor shaxsni shakllantirishga asosiy e'tiborni qaratishi lozim bo‘lgan fandir.