Tillar:       O'zb       Eng       Рус    
Ijtimoiy ish bu odamlar va ijtimoiy guruhlarga qoʻllab-quvvatlash, himoya qilish, tuzatish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish orqali shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishda yordam berishga qaratilgan professional faoliyat hisoblanadi. Mazkur dasturda fuqarolarni o'z-o'zini boshqarish sistemasi chuqur o'rgatiladi. Talabalar esa boshqaruv ko'nikmalari ega bo'ladi. Dastur yolgʻiz nafaqaxoʻrlar va nogironlarga yordamni ham, shuningdek, qiynalgan bolali oilalar, uysizlar, giyohvandlar, aroqxoʻrlar va ruhiy kasallarga yordam ko'rsatish faoliyatiga o'rgatishni ham oʻz ichiga oladi.
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga Davlat va huquq nazariyasi va tarixi, g`oyalar tarixi va nazariyasi, Ma'naviyatshunoslik, jamiyatning axborotlashuvi va mafkuraviy immunitet, konstitutsiyaviy huquq, etika, estetika, fuqarolik huquqi, kreatif fikrlash, etnomadaniyat kabi fanlardan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'ladilar, shu bilan birga fanlarni maktablarda o'tilishining zamonaviy innovatsion metodlari, tarbiya fanlarini o'qitish metodikasi, huquq fanlarini o'qitish metodikasi, notiqlik san'atini o'rganadilar.
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga rus tilining leksik va grammatik tizimini tushunish, tarjima nazariyasi, til ko'nikmalarini egallash , o‘qitishning zamonaviy usullari ham o‘rgatiladi. Talabalar muloqot strategiyalari bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar, jahon adabiyoti, madaniyati,shaxs psixologiyasini tushunishni o'rganadilar, pedagogik antropologiya, rus tilini o'qitish nazariyasi va boshqa ko'plab tushunchalar bilan ishlash hamda rus tilini chet tili sifatida o'tish ko'nikmalarini rivojlantiradilar.
Mazkur dasturda bo'lajak mutaxassislarga tilshunoslik asoslari, hozirgi qozoq adabiy tili, ona tilini o'qitish metodikasi, qozoq dialektologiyasi, matnshunoslik, qozoq tili tarixi, qozoq tilining nazariy grammatikasi, adabiyotshunoslik asoslari, qozoq adabiyoti tarixi, adabiyot o'qitish metodikasi, qozoq folklori, jahon adabiyoti, abayshunoslik, bolalar adabiyoti kabi fanlardan bilim, malaka va ko'nikmaga ega bo'ladilar.
Mazkur dasturda bo'lajak mutaxassislarga tilshunoslik asoslari, hozirgi tojik adabiy tili, ona tilini o'qitish metodikasi, tojik dialektologiyasi, matnshunoslik, tojik tili tarixi, tojik tilining nazariy grammatikasi, adabiyotshunoslik asoslari, tojik adabiyoti tarixi, adabiyot o'qitish metodikasi, tojik folklori, jahon adabiyoti, jomiyshunoslik, bolalar adabiyoti, yangi tojik adabiyoti kabi fanlardan bilim, malaka va ko'nikmaga ega bo'ladilar.
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga rus tilining leksik va grammatik tizimini tushunish, tarjima nazariyasi, til ko'nikmalarini egallash , o‘qitishning zamonaviy usullari ham o‘rgatiladi. Talabalar muloqot strategiyalari bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar, jahon adaboyoti, madaniyati, shaxs psixologiyasini tushunishni o'rganadilar, pedagogik antropologiya, rus tilini o'qitish nazariyasi va boshqa ko'plab tushunchalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradilar.
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga tilshunoslik asoslari, hozirgi o'zbek adabiy tili, ona tilini o'qitish metodikasi, o'zbek dialektologiyasi, eski o'zbek yozuvi, o'zbek tili tarixi, nutq madaniyati va notiqlik san'ati, adabiyotshunoslik asoslari, o'zbek adabiyoti tarixi, o'zbek folklori, adabiyot o'qitish metodikasi, jahon adabiyoti, navoiyshunoslik, bolalar adabiyoti,yozma ishlarni tashkil etish metodikasi, kabi fanlardan bilim, malaka va ko'nikmaga ega bo'ladilar.
Mazkur dasturda bo‘lajak mutaxassislarga Dunyo xalqlarining madaniyati, O'zbekiston va jahon tarixi, arxeologiya, muzeyshunoslik, manbashunoslik, etnologiya, tarixiy tadqiqot metodologiyasi fanlaridan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'ladilar shu bilan birga fanni maktablarda o'qitilishining zamonaviy innovatsion metodlari, pedagogik antropologiya, shaxs psixologiyasini o'rganadilar.