Chop etdi: Fayziyev | Ko'rildi: 1395 marta
Tegishli bo'limi: Yoshlar bilan ishlash, ma'naiyat va ma'rifat yo'nalishidagi ishlar
2021-yil yanvar-fevral oylarida oʻtkazilgan “Universiada - 2020” sport musobaqalarida institutimiz talabalari ishtirok etdi.
Jismoniy madaniyat taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi - Kimyo Marasulova sportning DZYUDO turi boʻyicha 48 kg vazn toifasida Qarshi shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada 3 oʻrinni; 1-bosqich talabasi Dilfuza
Rustamova sportning kurash turi boʻyicha 87 kg vazn toifasida Termiz shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada 2-oʻrinni egalladi.
Ushbu medallar Toshkent viloyatini umumjamoa hisobida “Universiada-2020” sport musobaqalarida 1-oʻrinni egallashlarida munosib hissa boʻldi desak yanglishmaymiz...
Sportchi qizlarimizni samimiy tabriklab, institutimiz shaʼnini himoya qilishda hech ham tolmang deb qolamiz.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna boʻling! ?
Telegram (https://t.me/tvchdpi2017/5480) | Fecebook (https://www.facebook.com/1362833367194977/posts/2417115808433389/) | Instagram (https://www.instagram.com/p/CM2RL1dBH5P/?igshid=h8hvbmcny3gp)