Skandinaviya davlatlarida «Yante qonuni» deb ataluvchi qoidalar majmuasi bor. Bu qoida biror joyda qog`ozga aniq qilib tushirilmagan va individualizmga bo’lgan huquqni aslo tan olmaydi:
- Men bir xos insonman, deb o’ylama;
- Bizning tengimizsan, deb o’ylama;
- Bizdan aqlliroqsan, deb o’ylama;
- Bizdan yaxshiroqsan, deb o’ylay ko’rma;
- Bizdan ko’proq narsani bilasan, deb o’ylama;
- Bizdan muhimroqsan, deb o’ylama;
- Barcha narsa qo’lingdan keladi, deb o’ylama;
- Bizning ustimizdan kulishga urinma;
- Kimningdir sen bilan ishi bor, deb o’ylay ko’rma;
- Bizga nimanidir o’rgatishga qodirsan, deb o’ylama.
Garchi skandinaviyaliklarning o’zi bu qonun-qoidalar ustidan tez tez hajv qilib, kulib turishsa-da, u haqiqatdan ham favqulodda do’stona va jips jamiyat hosil bo’lishiga olib kelgan. Kamtarona bo’lish va atrofidagi insonlarni hurmat qilish — bu skandinavcha hayot tarzi.
Bundan tashqari, bu qonun insonlarni takabbur va manman bo’lishdan qaytaradi: bu davlatlarda o’zining erishgan natijalaridan kekkayish va boyligini ko’z-ko’z qilish odat tusiga kirmagan.